Major

Major (lotincha major — katta) — 1) ko’p ovozli kompozitorlik musiqa ijodida asosiy garmonik laylardan biri (aksi —minor). Yevropa musiqasida 16— 17-asrlardan rivoj topdi. Uning tayanch tovushlari (I, III va V pog’onalari) katta 3 tovushli akkordnn hosil qiladi. Major tizimida bastalangan asarlarga ko’proq yorqinlik, ko’tarinkilik ruhi, “ijobiy” his-tuyg’ular xosdir. Major va minor orasidagi qarama-qarshilik musiqa san’atining nihoyatda muhim ifoda vositalaridan; 2) keng ma’noda — lad turi; bosh tayanch pardaga nisbatan katta tersiya intervent oralig’ida joylashgan 3 – pog’ona bilan belgilanadi. Shu ma’noda ioniy, lidiy, miksolidiy kabi tovushqator Major xususiyatiga ega. O’zbek an’anaviy musiqasida, ayniqsa, miksolidiy Major ko’proq uchraydi.