MAK-DUGALL (Me Dougall) Uilyam
MAK-DUGALL (Me Dougall) Uilyam (1871.22.6, Lankashir – 1938.28.11, Deram, AQSh) — ingliz-Amerika psixo- logi. 1904 y.dan Oksfordda, 1920 y.dan AQShda faoliyat ko’rsatdi. Garvard (1920-27) va Dyuk (1927-38) un-tlari prof. M.-D. psixologik hayot negizida “Gorme” (Yun. hormoa — intilish) yoti- shini ta’kidlaydi. Shu bois M.-D. psi- xologiyasi “gormitik” deb nom olgan. “Gorme” biologik ahamiyatga molik in- tilish sifatida talqin qilinadi. M.- D. maqsad sari instinktiv intilish azaldan jonli narsa tabiatida bo’ladi, deb hisoblaydi. Insonning o’z kamolo- ti jarayonida hissiy doyra ierarxik tuzilish kasb etadi. Oldin bir qator hissiy yangilanishlar etakchilik qilsa, keyinchalik shaxs xarakterida mujassam- lashgan egotik (Yun. “ego”—”men”) jabha US-tuvorlikka erishadi. M.-D. shaxsning metapsixologik nazariyasini ishlab chiqqan. Unga ko’ra, fikrlovchi va inti- luvchi “men” inson psixofizik hayotini boshqaradi. Asosiy asarlari; “ijtimo- iy psixologiyaga kirish” (1908), “tana va ong” (1911), “guruhli ong” (1920).