MAK-KLINTOK (MC-CLINTOCK) BARBARA
MAK-KLINTOK (MC-CLINTOCK) BARBARA (1902-1992) — amerikalik tsitogenetik. Itakadagi Kornell universitetini tugatgan (1923). Ilmiy ishlari krossingover mexanizmini tsitologik tadqiq etishga bag’ishlangan, bu tadqiqotlarni makkajo’xori genomida olib borgan. Ko’chib yuradigan genetik tizimlar (transpozonlar)ni kashf qilgan. Nobel mukofoti laureati (1983).