Makarov Pavel Leontevich

Makarov Pavel Leontevich (1949.30.5, Toshkent) — dirijyor, kom- pozitor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1991), polkovnik (1992). Moskva konservatoriyasining harbiy dirijyorlik f-tini tugatgan (1977). 1987 y.dan Turkiston harbiy okrugi, so’ngra O’zR Mudofaa vazirligi harbiy orkestrlar xizmati boshligi, alohida namunali-ko’rgazmali xarbiy orkes- trning badiiy rahbari va bogi dirijyor. Uning rahbarligidagi orkestr turli rasmiy tadbirlarda katnashadi, shuning- dek, O’zbekistonda va xorijiy mamlakat- lar (Afgoniston, AQSh va b.)da gastrol- da bo’lgan. Repertuaridan harbiy maro- sim kuylar b-n birga O’zbekiston kom- pozitorlari asarlari (S.Yudakovning “Jonajon O’zbekiston”, D.Zokirovning “Bayramona marsh”, M.Tojievning “Bay- Ramona uvertyura” va b.), mumtoz simfo- nik musiqa namunalari (P.Chaykovskiy, R. Vagner va b.), jaz musiqasi (g.Miller, U.Xendi va b.) asarlari urin olgan. Harbiy orkestr uchun ko’pgina marsh (shu jumladan, o’z R Qurolli kuchlarining rasmiy musiqiy ramzi bo’lgan “Qurolli Kuchlar marshi”, shuningdek, “Amir Te- Mur marshi”, “gvardiyachilar marshi”, “Vatan” va b.) va qushiqlar (“O’zbekiston lochinlarimiz”. “Harbiylar qo’shigi” va b.) yaratgan.