Makedoniya

Rasmiy nomi — Makedoniya Respublikasi. Poytaxti — Skope. Hududi — 25713 km.kv. Aholisi – 2 mln 100 ming kishidan ortiq (2012). Davlat tili — makedon. Dini — pravoslav (59%), islom (26%), katolik (4%), protestant (1%). Pul birligi — makedoniya dinori.     Geografik joylashuvi va tabiati.Bolqon yarimorolida joylashgan davlat (Yevropaning janubi-sharqi), janubda Gretsiya (chegara uzunligi — 228 km), sharqda Bolgariya (148 km), shimolda Serbiya hamda Chernogoriya davlatlari (221 km), g‘arbda Albaniya bilan (151 km) chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi 748 km. Hududi tog‘li, tog‘ massivlari chuqurliklar bilan almashadi. Suvi ko‘p, shuningdek, kichik, lekin tezoqar daryolari ko‘p. Asosiy daryosi — Vardar. Eng katta ko‘llari bir qismi mamlakat hududiga kiradigan — Oxrida va Prespa ko‘llaridir. Asosiy tabiiy resurslari — qo‘rg‘oshin, rux, mis, temir rudasi. Iqlimi — mo‘tadil-kontinental. O‘simlik dunyosi juda boy. Makedoniya togiari buk, eman, qarag‘ay o‘rmonlari bilan qoplangan. Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — Respublika. 1991-yil 20-noyabrda Make­doniya Yugoslaviyadan mustaqillik oldi. Ijroiya hoki­miyat prezidentga (davlat boshlig‘i) va premyer-ministr boshchiligidagi Ministrlar Kengashiga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament — Assambleya tomonidan amalga oshiriladi. Siyosiy partiyalari: Umummakedoniya inqilobiy tashkiloti, Makedoniya milliy birligi demokratik partiyasi, ijtimoiy- demokratik ittifoq, Demokratik taraqqiyot partiyasi, Milliy demokratik partiya, Islohotchi kuchlar ittifoqi, Sotsialistik partiya. Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Respublika iqtisodiyoti chetdan keltiriladigan neft va gazga, shuningdek, zamonaviy mashina uskunalari va ehtiyot qismlarga to‘liq bog‘liq. Sanoatda ko‘proq qazib olish va qayta ishlash (ko‘mir, qo‘rg‘oshin, rux, temir va nikel rudalarini qazib olish va qayta ishlash) sohalari rivojlangan. Qishloq xo‘jaligining rivojlanish darajasi (YIM — 12%) mamlakatning oziq-ovqatga bo‘lgan talabini qondirish imkonini beradi. Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari — bug‘doy, makkajo‘xori, mevalar, sabzavotlar va tamaki. 2012-yil YIM miqdori 19,5 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga – 9,3 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: sobiq Yugoslaviya mamlakatlari, Germaniya, Gretsiya, Albaniya.Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi — 10591 km.  Tarixi. М. a. VIII asrda Perdikka I hozirgi Makedoniya hududida birinchi makedon qirolligini tashkil etdi. Bu davlat m. a. 513-yili fors podshosi Doro I tomonidan bosib olingan. M. a. 479-yili Aleksandr I forslami jangda yanchib mamlakat mustaqilligini qaytarib oldi. Mamlakatda m. a. 359-yili absolyut monarxiya o‘rnatilgan Filipp II davrida esa butun Gretsiya bosib olindi. Buyuk Aleksandr m. a. 334-323-yillarda Makedoniya hududlarini forslar davlati va boshqa davlatlar hisobiga kengaytirib katta imperiya tuzdi. Aleksandr Makedonskiy imperiyasi qulaganidan so‘ng mamlakatni m. a. 148-yilga qadar antigonidlar sulolasi boshqardi. M. a. 148-yili esa Makedoniya Rim provinsiyalaridan biriga aylandi. 345-yili Vizantiya imperiyasining bir qismiga aylangan Makedoniyaga varvarlar tez-tez bostirib kirishardi. VI asrdan boshlab hozirgi Makedoniya hududiga slavyan qabilalarining kirib kelishi, shuningdek, IX-X asrlarda Bolgariyaga qaramlik Makedoniya etnik tarkibini sezilarli darajada o‘zgarishiga olib keldi. 1371-yili Makedoniya Serbiya va Gretsiya ta’sir doiralariga bo‘lindi, turklar tomonidan bosib olindi va 1913-yilga qadar turklar hukmronligi ostida qolib ketdi. Ikkinchi Bolqon urushidan so‘ng Buxarest shartnomasiga ko‘ra Make­doniya Bolgariya, Gretsiya va Serbiya o‘rtasida bo‘lib olindi. Serbiya qirolligi tarkibiga kirgan Vardar Makedoniyasi (1929-yildan boshlab Yugoslaviya) ikkinchi jahon urushi paytida Bolgariya tomonidan anneksiya qilindi, lekin ozod qilinganidan so‘ng xalq respublikasi sifatida Yugoslaviya tarkibiga kirdi. 1963-yildan YSFR tarkibidagi sotsialistik respublika bo‘lgan Makedoniya 1991-yili o‘z mustaqilligini e’lon qildi.