Makovskiy Vladimir Egorovich
Makovskiy Vladimir Egorovich 11846.26.1 (7.2), Moskva – 1920.21.2, Pe- trograd| — rus rassomi, rus rangtasvi- rida maishiy janrning yirik ustasi. Peterburg ba qaqiqiy a’zosi (1893). Moskva rassomlik, xaykaltaroshlik va me’morlik bilim yurtida o’qigan (1861-66), shu erda, keyinchalik Peter- burg Baning Oliy rassomlik maktabida dare bergan (1894-1918; 1895 y.dan rek- tor). M. dastlabki asarlaridayoq (“Shi- fokor qabulxonasida”, 1870; “bulbul ishqibozlari”, 1872-73 va b.) uning ziyrakligi, yumorni chuqur his qilishi, kundalik turmushni haqqoniy. Hayotiy tasvirlay olishi yaqqol namoyon bo’ldi. 1870-y.lardan ijodida asosiy mavzu — shaxar hayotini aks ettirdi: “kutish” (1875), “Maqkum” (1879), “Bankning sinishi” (1881), “uchrashuv” (1883), “Yo’lkada” (1886-87) va b. M. asarla- rida plener rangtasviriga yaqinlashdi, demokratik karashlarini “Volgada” tur- kum asarlarida ifoda etdi; portret va illyustrasiya (grafika) janrida xam sa- marali ijod qildi.