Malme

Malme — Shvetsiyaning Janubdagi shahar. Malmyoxus Lenining ma’muriy markazi. Aholisi 234 ming kishi (1998). Lund, Trelleborg, Vellinge va boshqa shaharlar bilan katta Malme shahar aglomeratsiyasini tashkil etadi. Eresunn bo’g’ozidagi port. Avtomobil Paromi orqali Kopengagen shahri (Daniya) bilan bog’langan; Trelleborg — Zasnis (Germaniya) temir yo’l paromi bor. Malme — mamlakatning muhim sanoat markazlaridan. Mashinasozlik (jumladan, kemasozlik), kimyo (rezina buyumlari ishlab chiqarish), trikotaj, oziq-ovqat, tsement sanoati korxonalari mavjud. Tarix-badiiy muzeyi bor. Shahar ilk bor qo’lyozmalarda 12-asrdan tilga olingan. 14-16-asrlarda qurilgan me’moriy yodgorliklardan ratusha, qasr va boshqa binolar saqlangan.