Mamadqulizoda Jalil
Mamadqulizoda Jalil (ta- xallusi Mulla Nasriddin, 1866.22.2, Naxi-chevan-Arake — 1932.4.1, Boku) — Ozarbayjon yozuvchisi, jamoat arbo- bi va jurnalist. “Mulla Nasriddin” nomli hajviy jur. asoschisi (Tiflis, 1906 — 31). M. qisqa hikoyaning ustasi, satirik talanti ko’proq shu janrda na- moyon bo’lgan. Ilk asari — “eshakning o’g’irlinishi” qissasi 1894 y. nashr etilgan. M. “Donobosh qishlog’idagi voqealar” (1894), “pochta qutisi”, “usta Zaynal” (1906), “O’liklar” (1909), “Tel- balar yig’ini” (1936) va b. asarlar mu – allifi. “Onamning kitobi” (1919), “Donobosh qishlog’ining maktabi” (1921) kabi hajviy asarlarida ozar- bayjon xalqining milliy uyg’onishi ko’rsatilgan. M.ning xalqona va o’z dav- rining dolzarb muammolari ko’tarilgan hajviy asarlari Ozarbayjon, fors va turk adabiyotida satira janrining rivo- jida muhim o’rin tutadi. Ayrim asarla- ri o’zbek tiliga tarjima qilingan.