Mamarasulov Sayd
Mamarasulov Sayd (1943.1.5, Jizzax tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1996). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1969). 1969 yildan Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi 7-maktabda, 1976 yildan Jizzax shahridagi 6-maktabda matematika o’qituvchisi. U test savollari asosida o’quvchilar bilimini aniqlash, yangi pedagogik texnologiyani o’quv jarayoniga joriy etish, o’quvchilarni baholashda reyting usulidan foydalanishga ahamiyat beradi. Pedagogik faoliyati davomida o’quvchilari bilan birga 2000 dan ortiq ko’rgazmali qurollar tayyorlagan, maktab matematika- informatika xonasini yangicha talablar asosida jihozlagan.