Mamatxonov Yahyoxon
Mamatxonov Yahyoxon (1914.21.12, KUVA tumani — 2001.25.8, Farg’ona) — Uzbekiston xalq artisti (1955). O’zbek davlat musiqali drama teatri krshida- gi studiyada ta’lim olgan (1930-32). 1932-34 y.lar shu teatrda aktyor. 1934 y.dan Farg’ona viloyat musiqali dra- ma va komediya teatri aktyori (1948-64 y.lar direktori). Spektakllarda etakchi qahramon, ayni vaqtda, cho’rtkesar, o’jar tabiatli kishilar obrazini yaratishda kuchli dramatizm, bosiq harakatlar, past ovoz va bamaylixotirlik b-n ifoda etish uning ijodiga xos. Solihboy (“Boy ila xizmatchi”), xon Boboxon (“Tohir va Zuxra”), Navoiy (“Alisher Navoiy”), Hamza (“Hamza”), Muqimiy (“Mavlo- no Muqimiy”), Yusufbek hoji (“utgan kunlar”) va b. uning sahnada yaratgan eng yaxshi obrazlaridir. Klnoda Toshma- tov (“opasingil Rahmonovalar”), Orif ota (“stadionda uchrashamiz”), Ahmedov (“Alangali yillar”) kabi rollarni, “Navoiy” videofilmida esa Lutfiy- ni ijro etgan. “Nodira” (S. Qosimov b-n birgalikda), “Boqi va soki”, “Meli habbonu Nabi tovon” kabi musiqali drama va komediyalarni yozgan. “Yor, Diyor madhi” adabiy musiqali kompozisiya va bir qancha qo’shiqlar muallifi. “Uch soz” she’riy to’plami nashr etilgan.