Mamedova Tursunoy Sotiboldievna

Mamedova Tursunoy Sotiboldievna (1941.14.10, Uchqo’rg’on tuma- ni — 1996.4.5, Namangan) — xonanda. O’zbekiston xalq artisti (1991). Naman- gan teatri (1957-62 va yana 1972 y.dan) da, 1962-72 y.lar Muqimiy teatrida ishlagan. “Singillar kissasi” spekta- klidagi Iqbol uning sahnada yaratgan ilk obrazidir. M. murakkab obrazlar- ning eng nozik qirralarini, ichki kechin- malarini tomoshabinga ta’sirli kilib tasvirlagan. M.ning aktyorlik mahorati Omina (“sindirilgan ko’za”), mo-him (“Tohir va Zuxra”), Oftob (“Mashrab”), Sanobar (“Hamza”), Ajar (“Suyma- Ganga suykanma”), Zebi (“Xolisxon”), Oqqiz (“Ravshan va Zulxumor”), Jo’raxon (“Farg’ona hikoyasi”), Gulshan (“Guli siyoh”), Oysuluv (“jon qizlar”), Manzura (“Gavhari shamchiroq”) va b.da, ayniqsa, “Yusuf va Zulayho” musiqali dramasi- dagi Zulayhoda, dramatik mahorati esa I. Drusening “kase Mare” psixologik dramasidagi Vasiluseda alohida namoyon bo’ldi. M., shuningdek, “Bobur” videofilmida Bobur Mirzoning onasi — Qutlug’ni- gor, “kecha va kunduz” videofilmida Xadicha kabi rollarni ijro etgan. U xalq qo’shiklari, lapar va termalarni o’z doirasi jo’rligida aytishda etakchi ijrochilardan bo’lgan. “Ishqingni avay- la”, “Laylomisan san”, “dilda ishqing” kabi ashulalari b-n tanilgan.