Mamluklar
Mamluklar (Arabcha — qul, xususan — oq qul) — Misrda hukmronlik qilgan ayyubiylar sulolasi (1171 — 1250)ning so’nggi hukmdorlari qo’shinini tashkil qilgan, nasl-nasabi turkiy va kavkaz xalqlari (gruzin, cherkas va boshqalar)dan bo’lgan qul jangchilar. Ularni yoshligidan o’g’irlab olib ketishgan va maxsus harbiy ilmga o’rgatishgan. Ular nihoyatda qahrli, Jasur bo’lgan. Eng jasurlari oddiy Mamluklardan sarkarda, podsho darajasigacha ko’tarilgan. Ulardan Ayyubiylarning xos qo’shini (gvardiya) tashkil etilgan. Mamluklar 1250 yildan Misrda (1517 yilgacha) va Suriyada (1516 yilgacha) davlatni mustaqil boshqarishgan. Mamluklarning 2 sulolasi (bahriylar va burjiylar) mavjud bo’lgan.