MA’MURIY JAVOBGARLIK TO’G’RISIDAGI KODEKS
MA’MURIY JAVOBGARLIK TO’G’RISIDAGI KODEKS (MJK) ma’murii huquqbuzarliklar va ma’mu- rii jazoga oid qonunlarning muayyan ti- zimga solingan majmui. O’zRning Ma’- murii javobgarlik to’g’risidagi kodeksi 1994 y. 22 sent.da qabul qilinib, 1995 y. 1 apr.dan kuchga kirgan. MJK 5 bo’lim, 31 bob va 348 moddani o’z ichiga oladi. Kodeksning umumiy qoidalari bayon qilingan 1-bo’limida ma’murii javob- garlik to’g’risidagi qonun hujjatlari va ularning vazifalari, mazkur hujjatlar sohasida O’zRning, Qoraqalpog’iston Re- spublikasining va-kolatlari, ma’mu- riy javobgarlik to’g’risida qarorlar qabul qilish borasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari, ma’muriy huquqbuzarliklarning oldi- ni olish kabi masalalar bayon qilingan. 2-bo’lim ma’muriy huquqbuzarlik va ma’muriy javobgarlik masalalari- ga bag’ishlangan, 3-bo’lim ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqishga vakolati bo’lgan organ- lar (mansabdor shaxslar), 4-bo’lim ma’- muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish- larni yuritish: 5-bo’lim ma’muriy jazo qo’llanish to’g’risidagi qarorlarni ijro etishga bag’ishlangan.