MA’MURIY NAZORAT
MA’MURIY NAZORAT — davlat va maxsus vakolatli organlar (mansabdor shaxslar) faoliyatining alohida turi. Ma’muriy nazorat qonuniylikni va davlat intizomini ta‘minlash usullaridan biri hisoblanadi. Ma’muriy nazorat davlat organlari, tijorat va notijorat tashkilotlari, shuningdek, fuqarolarning davlat va jamiyat rivojlanishi uchun ahamiyatli bo’lgan umummajburiy qoidalarga qat‘iy rioya qilishiga qaratilgandir.