“Manas”

“Manas” — qirg’iz xalq qahramonlik eposi. Asar 3 qismdan ibo- rat (450 ming misra). Genealogik tsikl asosida bosh qahramon Manas, uning o’g’li Semetey va Semeteyning o’g’li Sey- tekning qaxramonona hayoti tafsili- ga bag’ishlangan. “M.”nazmda yozilgan bo’lib, she’riyatning saj’yo’li b-n ay- tilgan. “M.”odatdagi qahramonlik EPO- si ko’lamidan ancha keng. U o’tmish qirg’iz hayotining qariyb barcha sohalarini o’zida jamlagan va shu jihati b-n “qirg’iz xalqi hayotining badiiy qomusi” deb e’tirof etiladi. Asarning asosiy mo- tivi qahramonona vatanparvarlikdir; unda ona yurtni tashqi va ichki yovlar zulmidan qutqarish va qo’riqlash, zulm va haqsizlikka nafrat, diniy va milliy an’analarga hurmat etakchilik qiladi. Dostonda milliy turmushning barcha jihatlari keng ko’lamda va teran aks et- gan, shuning uchun ham Ch. Aytmatov uni “qadimgi qirg’iz ruhining sarbaland cho’qqisi” deb atagan edi. Asarda, Baqay, Almambet, Qo’shay, Sirg’aq, Xonikey, Aloke, Chubaq, Semetey, Qo’zqamanlar, Oychurek kabi har biri o’ziga xos xarak- terga ega bo’lgan o’nlab xilma-xil etak- chi obrazlar bor. Manas esa butun epos voqealari markazida turadigan bosh qahramondir. Asarda yuzlab personaj- lar ishtirok etishi, voqealar qariyb yuz yillik muddat ichida Osiyoning juda kat- ta hududi — uzoq Sharqdagi Amur Daryo- si bo’ylaridan tortib Oltoy, Markaziy Osiyodagi voqealarni qamrab olganligi tufayli, “M.”nihoyatda keng ko’lamga ega — u hajman nafaqat turkiy ellar fol- kloridagi, balki dunyodagi eng yirik do- ston hisoblanadi; 1qismining o’zi 250 ming misradan ortiq. “M.”ning alohida ahamiyati shunda- ki, u bironbir urug’yo qabila dostoni bo’lmay, umumxalq eposidir, ikkinchi- dan, unda tasvirlangan voqelik tugal — boshlanishi va yakuniga qadar mumtoz qahramonlik eposining janr xususi- yatlariga to’la muvofiq keladi va shu jihati b-n ham monumentaldir. “M.”ni o’rganish 19-a.ning 2-yar- midan boshlangan. Qozoq etnografi Ch.Ch.Valixonov, keyinroq V. V. Radlov “M.”dan parchalarni ilk bor qog’ozga tu- shirib, uning rus va nemis tillarida- gi taglamasini takdim qilishgan. 20-a. da epos manaschi Sog’imboy O’roz-Bekov, Sayoqboy Qoralaev va b. oqinlar ijro- sida yozib olingan. “M.”hozirda ham yaratilayotgan va jonli ijro etilayotgan dunyodagi yagona eposdir. Hozirga qadar “M.”ning 70 dan ortiq varianti yozib olingan. Doston 20-a.da V. V. Jirmun- skiy, M. Avezov, R.Z. Qodirboeva va b. olimlar tomonidan teran tadqiq etil- gan. Qirg’iziston FA til va adabiyot in-tida ishlab turgan “M.”bo’limi ma- nasshunoslikni ilmiy o’rganish va muvo- fikdashtirish markazi hisoblanadi. “M.”ning boshqa turkiy xalqlar do- stonlari b-n mushtarak jihatlari bor- ligi to’g’risida gipotezalar mavjud, ammo tasdiqlanmagan; o’xshash motivlar esa genealogik emas, balki tipologik asosga ega. “M.”qirg’iz xalqining milliy if- tixoridir, xalqaro aeroport, in-t va b.larga “M.”nomi berilgan, 2 jildli “M.”entsiklopediyasi nashr etilgan. “M.”o’zbek tiliga ilk bor 1958 y.da “Qirg’iziston haqiqati” gaz. xodimla- ri tomonidan qisman o’girilgan edi. 1964 y.da Mirtemir tarjimasida epos- ning 1qismi bosilib chiqdi. Bu tarji- ma Ch. Aytmatov va b. qirg’iz hamda o’zbek olimlarining yuksak bahosiga sazovor bo’lgan. “M.”ning 2qismi esa Sultan AK- bariy tomonidan ancha qisqartirishlar b-n 1982 y.da nashr etildi va, nihoyat, “M.”ning bolalar uchun tayyorlangan va- rianti tarjimasi 1995 y. bosilib chiqdi (uning tarjimoni T. Adashboev Xalqaro “M.”oltin medali b-n taqtsirlandi). 1995 y. barcha turkiy tilli davlatlar-miqyosda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlandi. Zuhriddin Isomiddinov.