Manerizm

Manerizm (ital. manierismo, maniera — uslub, odat so’zidan) — 16- a. Evropa san’atidagi oqim. M. namo- yandalari Uyg’onish davrining olamni uyg’unlikda idrok etish, insonni tabi- atning mukammal xilqati sifatidagi qarashlaridan chekindi; uning o’rniga mistik g’oyalarni ilgari suruvchi, tashqi jihatdan yaltiroq, lekin qayotdan, uning muammolaridan uzoq bo’lgan san’atning tarqalishini ta’minladi. M.da hayotni o’tkir his etish b-n badiiy obrazni ras- Somning qalbida tug’ilayotgan sub’ektiv “ichki g’oya” asosida ifodalash kabi da- sturli intilish uyg’unlashdi. M. namo- yandalari yuqori Uyg’onish davri san’- atkorlari ijodidagi ayrim unsurlarni ana shu ruhda talqin etdilar, irrasional olamning beqarorligi, inson hayotining o’tkinchiligini ifodalashga intildi- lar. So’nggi saroy madaniyati b-n uzviy bog’liq bo’lgan M. san’ati mo-hiyat e’ti- bori b-n saralangan tor doiralardagi bilimdonlarga mo’ljallandi. M. Itali- yada yorqin namoyon bo’ddi, unga obrazlar- ning jiddiyligi, olamni fojiali his etish, harakatli qolatlarni bo’rttirish, shakllarning o’ta nozik va cho’zilganligi, kolorit va nursoyadagi keskinlik xos (Pontormo, Parmijanino, Julio Roma- no va b.). M. rassomlari asarlarida odam qomati, nisbatlarini buzib tasvirladi- lar, anatomik aniqlikka e’tiborsizlik b-n qaradilar. Me’morlikda ortiqcha hashamdorlik seziladi, ba’zi hollarda ortiqcha ramz va majozlar ritmik kompo- zisiya asosini tashkil qiladi. 40-y.lar- dan M. italyan saroy san’atida hukmron oqim bo’lib qoldi, uning badiiy ifoda vositasi murakkab, majozlar b-n to’la (J. Vazari, A. Bronzino, F. Sukkari va b.). M. haykaltaroshligi (B. Ammanati, B. Chellini, jam-Bolonya va b.) va me’mor- ligi (Ammanati, Vazari va b.)da, asosan, beqaror, dinamik kompozisiyalarga (ba’- zan haddan ziyod) moyillik ko’zga tashla- nadi. Italyan san’atkorlarining Fran- tsiya, Ispaniya, Chexiya va b.da ijod kilish- lari, shuningdek, M. grafika va amaliy bezak san’atining keng tarqalishi M.ning umumevropa hodisasiga aylani- shiga ko’mak berdi. M. aslida Uyg’onish davri san’ati- dan barokkota o’tish davri jarayonlarini o’zida ifodalab, barokko uslubining ri- vojiga yo’l ochdi. Italiyaga bir tomondan Bolonya maktabi Akademi-stlarining kirib kelishi, ikkinchi tomondan kara- vajizmning tarkalishi M.ga barham be- rib, barokko va 17-a. Evropa san’atidagi realistik oqimlarning hukmronligini ta’minladi. Ne’mat Abdullaev.