Mangeym maktabi

Mangeym maktabi – 18-a. Man-geym sh. (Germaniya)da qaror topgan, sentimentalizmga yaqin bo’lgan ijodiy yo’nalish. Simfoniya hamda kamer-cholg’u musiqasi (trio, kvartet va b.) janr- larining shakllanishida muhim rol o’ynagan. M. m. ijodkorlari badiiy hissiyotlarini ifodalashda musiqiy Di- namika vositalaridan, o’ziga xos topil- malaridan keng va mohirona foydalanib, Evropa kompozitorlik musiqasida yangi uslub yaratishgan, Vena klassik maktabi shakllanishini tezlatishgan. M. m. asos- chisi — chexiyalik kompozitor va skrip- kachi ya. Stamis. Mangeym simfoniya ijodkorlaridan F. Rixter, A. Fili, K. Kannabix, K. Stamis va b. mashhur.