Mang’ishloq

Mang’ishloq (qozoqcha Manqistov) — Kaspiy dengizining Sharqiy qirg’og’idagi ya. o. Qozog’istonning Mang’ishloq ewionmu tarkibida. M. nomi qadimdan mashhur. “Devonu lug’otit turk”, “tarixi Abulxayrxoniy”, “AB- dullanoma” kabi asarlarda ham tilga olingan. Yarim orolning Jan.-g’arbiy qismi tekislik va bu erlarda ba’zan dengiz sathidan past botiklar (mas, Qoragie — 132 m) uchraydi. Jan.-sharqida Mang’ishloq platosi (278 m gacha), shi-m. da Qoratov, shim. va Jan.da Oqtov tog’lari (bal. 556 m gacha) bor. M. ohaktosh, qumtosh, gilli slaneslardan tarkib top- gan. Tuproklari sur-qo’ng’ir, sho’rxok, sho’rtob tuproq va taqirlardan iborat. Katta neft va gaz konlari, qo’ng’ir ko’mir, marganes, temir rudasi va fosforit kon- lari topilgan. Cho’l o’simliklari (shuvoq, sho’ra, chay-ir, burgan, saksovul va h. k.) o’sadi. Yaylov chorvachiligi rivojlangan. Fort-Shevchenko porti bor. Neftchilar- ning Uzen va Jetiboy shaharlari rivoj- lanib bormoqda.