Mang’it, mang’itlar

Mang’it, mang’itlar — Yi- rik qabilalardan biri. O’zbekiston hududida, 1923-26 y. ma’lumotiga ko’ra, M.larning umumiy soni 130 mingdan ortiq kishi. Shundan Buxoro xonligi hududida (100 ming kishi), Buxoro vohasi va qarshi atrofida (44 ming kishi), Zarafshonning quyi oqimida (8 ming kishi) o’rta oqimida (10 ming kishi), Chorjo’y tumanida (11 ming kishi), jiz- zaxda (2600 kishi), Xorazmda (10 ming kishi) yashagan. M.lar qoraqalpoklar va shim. Kavkazdagi no’g’aylar tarki- bida ham bo’lgan, bir qismi esa shim. Afg’onistonda yashagan. O’zbekistonda yashovchi M.lar bir qancha yirik va mayda urug’larga bo’lingan. Eng yiriklari: oq M., och M., qora M., chala M., Boygundi M. Bulardan tashqari Temirxo’ja, isoboy, gaulak, ko’sa, toz, qorabayir, Baqirchi, kula, tamg’ali, Mang’it qozoq, o’n ikki Cho’qay, gala Botir, Beshkal, chobakchak, uz, uvolay va b. M.lar Buxoro xonliginnt si-yosiy hayotida faol qatnashganlar. 1753-1920 y.largacha Buxoroni ido- ra qilib kelgan xonlar M.larning to’q urug’idan bo’lgan, shu sababli xonlikda katta imtiyozlarga ega edilar. M.lar 13-a. da Dashti Qipchoqda, katta bir qismi esa Volga va Ural daryolari oralig’ida yashashgan. Qipchoklar ta’siri ostida o’z tillarini unutib, turkqipchoq ti- lini qabul qilganlar. 14-a.ning oxiri- da alohida O’rda (M. o’rdasini) tashkil etganlar. 15-a.ning o’rtalarida M.lar “nog’ay” (no’g’ay) deb atalgan, ularning o’rdasi esa, “No’g’ay O’rda” nomini olgan. 16-a.ning o’rtalarida No’g’ay O’rda Kat- ta No’g’ay va kichik No’g’ayga bo’lingan. Keyinchalik katta No’g’ay tarkibidagi M.lar o’zbeklar, qoraqalpoqlar, qisman qozoqlarning etnik tarkibiga kirgan- lar. 16-a.da hoz. O’zbekiston qududiga ko’chib kelganlar. Qadimdan dehqonchilik b-n shug’ullanib kelgan o’zbeklarning ta’- siri ostida M.larning bir qismi asta- sekin o’troqlashib borgan, bir qismi esa 19-a. oxiri va 20-a.ning boshlariga qadar yarim o’troq holda yashab, chorvachilik b-n shu-g’ullanib kelgan. Ular Qorako’l va jaydari qo’ylarni boqishgan. M.lar dehq-onchilik, hunarmandchilik [gilam (uzun patli gilam — julxirs mashhur bo’lgan), matolar, bo’z, alacha, qalami va b.], b-n shug’ullangan. Ochil Bo’riev.