MANIFA
MANIFA — dunyoda eng yirik den- giz osti neft konlaridan biri, Fors qo’ltig’i sayozligida, Manifa sh.dan shi- molda joylashgan. Saudiya Arabisto- niga qarashli hududda. Fors qo’ltig’i neftgazli havzasiga mansub. 1957 y.da ochilgan, 1964 y.dan neft olinadi. Dastlabki zaxirasi kariyb 1,3 mlrd. t. Neft saklovchi qatlamlar gumbaz- Simon ko’tarilgan. Quyi bo’r va yuqori yura karbonatli yotqiziqlari mahsuldor. Neft qatlamlari o’rtacha 2,3 — 2,8 km chuqurlikda yotadi. Boshlang’ich qatlam bosimi 35 MPa. Dastlabki zaxirasi 1216 mln. t. Neftning zichligi 0,88 g/ sm3, qovushqoqligi 9,8 MPa-s. Tarkibi- da 2,7% oltingugurt bor. Neft tabiiy bosim ostida chiqadi va quvurlar orqali Ras-Tannura porti (Saudiya Arabistoni) ga haydaladi.