Mann (Mann) Genrix
Mann (Mann) Genrix (1871.27.3, Lyubek, Germaniya — 1950.12.3, Santa- Monika, Kaliforniya) — nemis yozuvchi- si. “Ajoyibotlar mamlakatida” romani (1900), “ma’budalar” trilogiyasi (1903) da zodagon-yunkerlar monar-xiyasi va re- aktsion prus mafkurasiga qarshi chikdi. “Razil o’qituvchi” romani (1905)da MAK- Tab tarbiyasining pruschamonarxik tizi- mini tanqid qilgan. “Katta muhabbat” dramasi (1912)da zi-yolilar takdiri yoritildi. “Imperiya” trilogiyasida (“Sodiq fuqaro”, 1914; “kambag’allar”, 1917; “Bosh”, 1925) Germaniyadagi 1jahon urushi arafasidagi ijtimoiy- siyosiy voqealar tasvirlangan, jami- yatdagi salbiy hodisalar fosh etilgan. M. Prussiya san’at akademiyasi badiiy so’z sho”basi prezidenti etib saylandi (1931). Gitlerchilar hokimiyatga kelgach, M. bu tashkilotdan chikarilib, nemis fuqaroligidan mahrum etildi. U vata- nini tashlab, Frantsiyaga ketishga maj- bur bo’ldi. 1940 y.dan AQShda yashadi. Mu-hojirlikda yaratgan publisistik to’plamlari (“nafrat”, 1993; “kun ke- ladi”, 1936; “mardlik”, 1939), “Qirol Genrix IV ning yoshligi” (1935), “Qirol Genrix IV ning balog’ati” (1937) roman- lari vatanparvarlik, insonparvarlik ruhi b-n sug’orilgan. “Sodiq fuqaro” ro- mani o’zbek tilida nashr etilgan (1970).