Mannonov Nazirulla Mannonovich
Mannonov Nazirulla Mannonovich (1909.15.3 — Toshkent — 1981.23.9) — olim, agronom, VASXNIL muxbir a’zosi (1970), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1967), mehnat Qahramoni (1957). O’rta Osiyo paxtachilik va ipakchilik in-tini tugatgan (1933). SoyuzNIXI ning Oqqovoq sug’orish va agrotexnika Markaziy st-yasida ilmiy xo- dim, bo’lim mudiri (1934— 51). Toshkent viloyatidagi “qizil O’zbekiston”kzi raisi (1951-58), SoyuzNIXI direkto- ri (1958-61, 1966-72), O’zSSR qishloq xo’jaligi vaziri (1961-62), Kuba hukumati huzurida bosh maslahatchi — tashkilotchi (1962— 63), O’zSSR qishloq xo’jaligi vaziri o’rinbosari — fan bosh boshqarmasi boshlig’i (1972-77), 1977-81 y.larda VASXNIL O’rta Osiyo bo’limi dehqonchilik va kimyolashtirish sektsiyasi raisi. Ilmiy ishlari tuproq mahsuldorligini oshirish, g’o’za-beda va don ekinlar almashlab ekishni o’rganish va joriy qilish, mineral o’g’itlar va b.ni ko’llash masalalariga bag’ishlangan. Ad.: Udobrenie xlopchatnika v sevoo- borote, T., 1971 (v soavtorstve).