Manometr

Manometr (Yun. manos — no- zik, siyrak va … metr) — suyuklik, gaz yoki bug’ning bosimini ulchash uchun mo’ljallangan asbob. Mexanik, suyuqlikli, elektr, issiqlik, porshen- li, deformasion, radiometrik, ioni- zasion va b. xillari bor. M. o’lchash tizimining asosini birlamchi bosim uzgartirgichidan iborat sezgir element tashkil qiladi. Mexanik M.da bunday element vazifasini naycha, porshen, membrana yoki ulchanayotgan bosimni qabul qiladigan boshqa element o’taydi. Suyuqlikli M.da bosimni muvozanat- lab turadigan suyuklik (simob, moy va b.) ustuni sezgir elementdir. Elektr M.ning ishi ulchanayotgan bosim ta’si- rida sezgir elementning elektr xossala- ri (mas, elektr qarshiligi) uzgarishiga asoslangan. M.ning boshqa turlarida ham asosiy qism sezgir elementdir (mas, de- formasion M.da elastik qobiq, porshen- li M.da porshen va h.k.). M. shkalali va shkalasiz bulishi mumkin. M.b-n atmos- fera bosimi (q. Aneroid, barometr) siy- raklashgan gazlar bosimi (vakuummetr) hamda ATM. bosimidan katta ikki bosim- lar farqi o’lchanadi. Suyuklik ustuni ba- landligi bo’yicha bosimni o’lchash g’oyasini 1640 y.da E. Torrichelli ilgari surgan. 1891 y.da frantsuz olimi L. Kalete bi- rinchi suyuklikli M.ni qurib, Parijda- gi Eyfel mi-norasiga o’rnatgan.