Manpar
Manpar (xitoycha Myan — xamir, par — parcha) — xamir taom turi. Tuz- li suvda tuxum solib, qattiqroq qilib xamir qoriladi. Sochiqqa o’rab tindiri- ladi. Tingan xamirdan tangadaytanga- Day bo’lakchalar uzib olinib, 2 mm qilib yoyiladi. Yoymadan 2 sm keladigan tas- machalar kesiladi, orasiga urvoq sepib, bir necha qavat qilib taxlab, to’rtburchak bo’lakchalar kesiladi. Tuzi rostlan- gan qaynab turgan suvga solib, 10 min. pishiriladi, chovli b-n suzib olinib, suvuq suvda chayiladi. Boshqa qozonda M. qaylasi tayyorlanadi. Buning uchun mayda to’g’ralgan go’sht, piyoz dog’langan yog’da qovuriladi, so’ng somoncha shaklida to’g’ralgan turp, sabzi va tuz solinadi. Masalliqlar bir oz qovurilgach, kera- gicha suv quyib, qayla me’yoriga etguncha pishiriladi. Dasturxonga tortishda ko- salarga xamir, ustidan qayla solinadi. Har kosa M. uchun bir dona tuxum quymoq pishiriladi. M. ustiga esa maydalab to’g’ralgan tuxum-quymoq va kertilgan oshko’klar solinadi.