MANSAB

MANSAB — daryolarning boshqa daryo, ko’l (suv ombori), lengizga quyilish joyi. Mansabning oddiy (o’zanning tarmoqlarga ajralmagan), Delta, estuariy, Limanli, tog’ daryolari uchun xos osma turlari farq qilinadi. Agar daryo suvi dengiz, ko’l yoki boshqa daryogacha yetib bormasa, u holda berk Mansab deyiladi. Katta daryolarning Mansab relefi uchun mansaboldi marzalari xos. Mansab gidrologik rejimida oqim tezligi murakkab o’zgaruvchan bo’lib, suv qalqishiga, to’lin-suv davrida suv sarfining ko’payishi va boshqalarga bog’liq.