Mansabdor
Mansabdor shaxs — dav- lat organlarida, mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarida, davlat, muni- tsipal mu-assasalarida, shuningdek, Qurolli Kuchlarda, boshqa qo’shinlar va harbiy tuzilmalarda hokimiyat vakili vazi-falarini doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo’yicha amalga oshiruv- chi yoxud tashkiliy-boshqaruvchilik, ma’- muriy-xo’jalik vazifalarini bajaruvchi shaxs. Bunday shaxs O’zR jinoyat huquqida mansabdorlik jinoyashlarining sub’ek- ti hisoblanadi. M.sh.lar qonunda man- sabdor va mas’ul M.sh.larga ajratilgan. Mas’ul M.sh.larga hokimiyat vakilla- ri; davlat korxonasi, muassasasi yoki tashkilotlarida saylash yoki tayinlash bo’yicha doimiy yoxud vaqtincha tashkiliy- boshqaruv yoxud ma’muriy-xo’jalik va- zifalarini bajarish b-n bog’liq la- vozimlarni egallab turgan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etish- ga vakolat berilgan shaxslar; mulkchi- likning boshqa shakllaridagi korxona- lar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari, davlat boshqaruvi yuzasidan belgilangan tartibda hokimiyat vako- lati berilgan jamoatchilik vakillari; tashkiliy-boshqaruv yoxud ma’muriy- xo’jalik vazifalarini fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarida baja- rish b-n bog’liq mansablarni egallovchi shaxslar kiradi. Har qanday hokimiyat idorasida ishlovchi, ammo hokimiyat va- kolatlari (ma’muriy vakolatlar) beril- magan shaxslar (texnik ishlarni baja- ruvchilar) hokimiyat vakillari deb e’ti- rof etilmaydi. Mirzayusuf Rustamboev.