Mansur
Mansur, al-Mansur, Abu Ja’far Abdulloh ibn Muhammad (707— 775) — abbosiylar sulolasiga mansub xalifa (754-775). Yirik davlat arbobi. Ma’- muriymoliya islohotini o’tkazgan. Savdo va xunarmandchilikni taraqqiy etishiga rahnamo bo’lgan. Xalifalik chegarasini yanada kengaytirish maqsadida poytaxtni Al-Xoshimiyya degan joydan hoz. Bag’dod o’rniga ko’chirib, shu b-n Bagdod sh.ga asos solgan (762 y.). Barmakiylar xonadoniga mansub Vazirlar ko’magida davlatni ido- ra qilgan.