Mansurov Mixail Filippovich
Mansurov Mixail Filippovich [1916.15(28)10, Chelyabinsk viloyati Plast sh. — 1993.24.12, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti. 1937-51 y.lar Sverdlovsk, Odessa, Irkutsk teatrla- rida, 1951-93 y.lar O’zbekiston akade- mik rus drama teatrida ishlagan. Aktyor qahramononaromantik ruxdagi, xarak- terli rollar ustasi sifatida tanilgan. Uning ijrosi iliq samimiyati, obraz- larni kuchli, yorqin va ishonarli yaratish mahorati b-n ajralib turadi. Romeo (“Romeo va Juletta”), Trofimov (“ol- chazor”), Dehqonboy (“shohi so’zana”), Rustam (“paranji sirlari”), Yakov bo- gomolov (“Yakov Bogomolov”), Trigorin (“Chayka”), Markiz de poza (“don kar- Los”), Luka (“tubanlikda”), Salohitdin (“Sharq tongi”) kabi rollari b-n Shuhrat qozongan.