Mansurov Rustam

Mansurov Rustam (1913.21. 12, Samarqand viloyati — 1996.27.6, Samarqand). O’zbekiston xalq artisti (1952). 1933 y.dan Samarqand viloyat teatrida ishlagan. Eng yaxshi rollari: Solihboy (Hamza, “boy ila xizmat- chi”), Mirbo-bo (I. Akrom, “Adolat”), Yagor (G.Mdivani, “Nomus”), Prezi- dent (F.Shiller, “makr va muhabbat”), Ibrohim (K.Yashin, “Gulsara”), Hoji (K.Yashin, “Nurxon”), shahar hokimi (N.Gogol, “Revizor”), Dadaboy (Uyg’un, “Navba-hor”), Husayn Boykaro (uyg’un, I.Sulton, “Alisher Navoiy”), Otello (U. Shekspir, “Otello”), Ezop (G.Figeyredu, “Ezop”), Darvesh (M.Karim, “oy tu- tilgan tunda”) va b. Yoshi ulug’, murak- kab tabiatli shaxslar obrazini kurkam talqin qilish, yurish-turishi, tabia- ti, ovozi b-n bir-biriga o’xshamagan qahramonlarining tashqi ko’rinishi va ichki olamini aniq ifoda eta bilish M. ijodiga xosdir.