Manzilgoh

Manzilgoh-1) ibtidoiy jamiyatda urug’ jamoalarining vaqtincha turarjoyi, maskani; 2) serqatnov va katta yo’l ustida qurilgan, to’xtab o’tishga mo’ljallangan joy, manzil. Manzilgohlarda yo’lovchilar ichimlik, oziq-ovqat bilan ta’minlangan, hordiq chiqarish uchun maxsus xonalarga joylashtirilgan. Ba’zi Manzilgohlarda karvonsaroylar, ma’lum darajada mustahkamlangan rabotlar bunyod etilgan. Vaqt o’tishi bilan ayrim Manzilgohlar o’rnida shaharlar tarkib topdi. Manzilgohlar ko’chmanchi hamda o’troq xalqlar uchrashadigan, ular o’rtasidagi iqtisodiy, madaniy aloqalar o’rnatiladigan joy sifatida ham muhim ahamiyat kasb etgan.