Manzuma
Manzuma (Arab.— tizma) — voqeaband she’riy asar yoki she’riy maktubni ifodalovchi termin. M. aso- san masnaviy shaklida, har bir bayti a-a, b-b, v-v qofiya tartibida yozila- Di. O’zbek mumtoz adabiyotida she’riy hikoyalarga nisbatan ham M. termini ishlatilgan. M.larda kichik syujet va syujet unsurlari buladi. Shoir biron- bir kichik voqeaning hikoyaviy she’riy ifodasini keltiradi. Turli mavzularga bag’ishlangan va uziga xos uslubiy xusu- siyatlarga ega. M.lar mavjud: ishqiy, sar- guzasht, afsonaviyromantik, tari-xiy- biografik, axloqiydidaktik, arzi hol (hasbi hol), tamsil, satirik va h.k. M., ayniqsa, 19-a. o’zbek shoirlari ijodida yangi bir bosqichga ko’tarildi, an’anaviy xususiyat kasb etdi. Muqimiyning qator hajviy, Furqatning ma’rifatparvarlik ruhidagi asarlarida (noma-M.lar) bu shaklning imkoniyatlari kengaytiril- Di. Furqatning “Suvorov haqida” M.si masnaviy shaklidagi 86 baytdan iborat. M.ni nazm libosidagi hikoya, kichik she’- riy qissa deyish ham mumkin.