Mao dun
Mao dun (taxallusi; asl ism- sharfi Shen Yanbin) (1896, Chjetszyan viloyati — 1981.27.3, Pekin) — Xitoy yozuvchisi. Ijtimoiy-psixologik Nasr ustasi, zamonaviy Xitoy adabiyotining yirik namoyandalaridan. Ijodi 20-a. ning 20-y.laridan boshlangan. “Tuti- lish” trilogiyasi Xitoydagi 1924-27 y.lardagi inqilobiy voqealar haqida. M. D. 1928-30 y.larda Yaponiyada muxrjir- likda bo’lgan. U erda “na’matak”, “o’tgan yilgi o’t” (1929) hikoyalar to’plamini va Xitoy hayoti ijtimoiy taxlil qilingan “Kamalak” romanini (tugallanmagan) yozgan. Chet eldan qaytgach, Xitoy so’l yozuvchilari ligasining ilg’or a’zolari- dan biri bo’lgan. “Qishloq trilogiyasi” (1932-34)da iqtisodiy inqiroz natija- sida yuz bergan dehqonlarning qurolli qo’zg’oloni tasvirlangan. “Tong oldi- dan” romani (1933) yangi Xitoy adabiyo- tining yutuk,laridandir. Unda 30-y.lar boshidagi Xitoy shahar va qishloklari hayotining keng manzarasi berilgan. Yaponiya b-n bo’lgan urush yillari- da (1937-45) M.D. “Birinchi bosqich haqida qissa” (1939), “inqiroz” (1941), “Engilishdan so’ng” (1942) asarlarini yaratdi. Urush tugagach, “matonat” Roma- ni (1948, tugallanmagan) ustida ishladi. Adabiyotshunoslik va adabiy tanqidga oid asarlari bor (“Tarix va tarixiy dramalar haqida”, 1962 va b.). Ac: Hikoyalar, T., 1955.