Maqbara

Maqbara (Arab, marqad, Turbat) — biror mayitning jasadi joylashgan me’moriy inshoot yoki tosh tobut (daxma, sag’ana). M. usti qubbali Chortoqli bino bo’lib, ramziy g’oyalarni o’zida ifodala- gan. Chortoq — er kurrasini ifoda etuv- chi barqaror shakl, qubba — osmon gum- bazi ramzi, bular birgalikda koinotni anglatgan. “Koinot modeli” ning bu tarzda barpo etilishi borliqning Alloh tomonidan yaratilgani haqidagi aqidaga muvofiklashtirilgan. Sharqda dastlab qabr ustiga bi- ror tosh qo’yish, imorat qurish man etilgan bo’lsada 9-a.dan xalifalar sharafiga M.lar kurila boshlangan. Movarounnahrda xam 9-a.dan maxsus M.lar qurish odat tusiga kirgan. Key- inchalik, asosan, mashhur kishilar (pod- shohlar, ruhoniylar, olimlar) qabri ustiga turli M.lar qurilgan. Oddiy M. gumbazli chorsi xonadan iborat bo’lgan, unga peshtoqli eshik orqali kirilgan (q. Arabota maqbarasi). Ba’zan xonaning 4 tomoni ravokdi-Chordara shaklida bo’ladi (q. Ismoil Somoniy maqbarasi), keyin- chalik M. qurilishi tobora murakka- blasha borib, unda ziyoratxona, go’rxona, tagxonasardoba kabi maxsus xonalar pay- do bo’lgan {Yassaviy maj-muasi, Amir Temur mafarasi, toj mahal maqbarasi, Shohizinda ansambli va b.). Ad.: Mankovskaya L., Bulatova V ., Pamyatniki zodchestva Xorezma, T., 1978; O’zbekiston: Islom obidalari, T., 2002.