Maqola
Maqola-publitsistika janri. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va amaliy jihatdan umumlashtiriladi, davlati siyosati, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilg’or ish tajribalari ommalashtiriladi. Maqola atamasi keng ma’noda gazeta va jurnallardagi barcha materiallarga, shuningdek, to’plamlardagi ilmiy ishlarga nisbatan ham qo’llaniladi.