Maqsudiy Sadri
Maqsudiy Sadri, Sadri Mak- sudiy areal (1878, Qozon yaqinidagi Toshsuv qishlog’i — 1957.20.2, istan- bul) — tatar xalqining milliy ozodlik harakati rahbarlaridan biri, tarixchi va huquqshunos olim. Dastlab, Qozondagi Madrasa va Bog’chasaroydagi Ismoilbek Gasprinskiy maktabida o’qigan. 1897 y. Qozonga qaytib, rustatar o’qituvchilar maktabini tugatgan. Sorbonna unti huquqshunoslik f-tini tugatgan (1906). Parijdan turib “tarjimon” gaz.da maqolalar e’lon qilgan. “Ittifoq al- muslimin” partiyasi rahbarlaridan biri, MK a’zosi. Rossiya Davlat Duma- si deputati (1907-12). Dumada turkey xalqlar man-faatini himoya qilgan. Butun Rossiya musulmonlar 2-s’ezdida qabul qilingan madaniymilliy muxto- riyat loyihasining muallifi. Muvaqqat xukumat Turkiston qo’mitasining a’zosi (1917). 1918 y.dan muhojirlikda. Fin- lyandiya, Frantsiya, Germaniya, Turkiyada (1925 y.dan boshlab) yashagan. Sorbonna (1923-24), Anqara (1925-43), Istanbul (1943-45) un-tlari prof. Turkiya Respu- blikasi Buyuk millat Majlisi deputati (1930-38). Turkiy xalqlar davlatchiligi tari- XI, davlat huquqi va tilshunoslikka oid kitoblari va maqolalari chop qilingan. Forobiy falsafasi va “Qutadg’u bilig” asarini maxsus o’rgangan. Xususan, uning “Turk huquqi tarixi” (Anqara, 1928), “Turk tili uchun” (Ankara, 1930), “O’rta Osiyo turk davlatlari” (Alqara, 1934), “Huquqning umumiy asoslari” (Anqara, 1937), “umumiy huquq tarixi” (Anqara, 1941; Istanbul 1944; 1948), “huquq fal- safasi” (Istanbul, 1946), “Turk tarixi va huquq” (Istanbul, 1947) kitoblari mashhur. Ad.: Aida A., Sadri Maksudi Areal, M., 1986; Islam v tatarskom mire: isto- riya i sovremennost, Kazan, 1997; sa- dri Maksudi: nasledie i sovremennost, Kazan, 1999. Qahramon Rajabov, Renat Shigabid- dinov.