Marafon jangi

Marafon jangi (mil. AV. 490 y. 13 sent.) — yunon-fors urushlari davri- dagi mashhur jang. Attika (Afinadan 40 km shim.-Sharqdagi r-n)dagi marafon te- kisligida sodir bo’lgan. Yunon qo’shini (11 ming jangchi) sarkarda Miltiad qo’mondonligi ostida marafon vo- diysiga kirish erida falanga bo’lib saf tortgan, uning kuchaytirilgan o’ng va so’l qanotlari tog’va qoyatoshlar b-n mustahkamlangan. Bu yunonlarni fors- lar otliq qo’shinining qanot zarbasidan muhofaza etgan. Yunonlar kemalardan tushgan forslarga (taxm. 20 ming jang- chi) yopirilib hujum qilishgan, biroq fors piyodakamonchilari qarshi hujumga o’tib, yunonlar falangasi markazini yorib o’tganlar. Ayni paytda yunonlarning kuchli, Saylanma otryadlari qanotlardagi fors otliq qo’shini va engil piyodalari- ni uloqtirib tashlagan, so’ngra markaz- dagi fors piyoda qo’shinini mag’lubiyatga uchratganlar. Yunonlar sohil tomon qochayotgan forslarni ta’qib qilishdan to’xtab, jangda halok bo’lgan yunonlarni (192 kishi) dafn etishga kirishib ketgan- lari tufayli, forslar kemalarga o’tirib qaytib ketganlar. M. j.da falanga tar- kibida jang qilgan goplitlar o’zlaridan son jihatdan ustun bo’lsada, tashkiliy jihatdan yaxshi uyushmagan forslar ar- miyasi ustidan galaba qozongan.