Marathiy

Marathiy — marathalar tili. Hindistonning Maharashtra shtati aholisining rasmiy tili, shu davlatning asosiy adabiy tillaridan hisoblanadi. Hind-Evropa tillari oilasining hind- oriy guruhiga mansub. Bu tilda 60 mln. ga yaqin kishi gaplashadi (1990). Hoz. M. tili 3 (deshiy, konkamiy va Sharqiy) shevaga bo’linadi. Adabiy tiliga deshiy shevasi asos bo’lgan. Alif-bosi devana- gariy yozuvida. M. tilining tarixi 13-a. da yaratila boshlanib, 19-a.da adabiy til sifatida shakllangan. Boshqa hind-oriy tillariga nisbatan qad. holatdagi 3 xil jins(rod)ni saqlab qolgan hamda “Ts” va “Dz” kabi tish oldi affrikatlariga ham ega.