MARAZTEPA

MARAZTEPA, Manzaratepa — o’rta asr shahar xarobasi (mil. 8-13-a. boshi). Qizilsuv daryosi (Tojikiston)ning so’l qirg’og’ida joylashgan. Xuttalon vilo- yatining markazi Xulbuk sh. M. o’rnida bo’lgan degan fikrlar mavjud. M.ning umumiy mayd. 120 ga bo’lib, o’zaro keng ko’chalar b-n ajratilgan 3 qismdan tash- kil topgan. Ark (50×50 m) shaxar xaroba- sining Jan.-g’arbiy qismida joylashgan. Shahar mahallalari, maydonlari, kanal- lar va ayrim yirik binolarning izlari saqlangan. Arablar kelishidan avval M.da budda ibodatxonasi bo’lgan. Xitoy manbalarida Kolo-Kyan nomli shahar qayd etilgan; u 7-a.da Xuttalonga tegishli ru- stoklardan birining ma’muriy markazi bo’lgan. Ushbu shahar M. o’rnida bo’lgan deb taxmin etilmoqda.