Mardoniy

Mardoniy (qadimgi forscha — Marduniya) — fors sarkardasi, Doro I ning kuyovi. Yunon-fors urushlariyaa forslar qo’shini qo’mondoni. Miloddan avvalgi 492 yil Mardoniy boshchiligidagi Axomaniylar armiyasi va floti Janubiy Frakiya, Makedoniya va Tasos orolini qayta bo’ysundirgan. Kserks I ning miloddan avvalgi 480 yildagi harbiy yurishida qatnashgan; Salamin jangidan so’ng Kserks chekingach, qo’shinning bir qismi bilan Yunonistonda qolgan. 479 yil Afinani talon-taroj qilgan, Plateya jangida mag’lubiyatga uchragan va o’ldirilgan.