MARDTEPA

MARDTEPA — G’uzordan 3-4 km Jan. da, G’uzordaryoning chap qirg’og’ida joy- lashgan qad. qal’a (25×30 m). Rivo-yatlar- ga ko’ra, islomgacha bo’lgan davrda bu er mahalliy hokimlar — “mardlar”ning qarorgohi bo’lgan; ular juda Jasur, qo’rqmas va o’z fuqarolariga nisbatan adolatli bo’lganlar. Arablar fathidan so’ng “mardlar” hokimiyati tugatilgan va shahar aholisi bu erni tark etgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, bu shahar xarobasida hayot mil. AV. 2— 1-a. dan — mil. 7-a.gacha davom etgan. Ushbu qal’a dastlab Baqtriya — Toxariston to- monidan bo’ladigan xavf-xatarga qarshi himoyalanish uchun qurilgan. Ayni mana shu qal’ada 8-a. boshida Huzor viloya- tining turklaridan bo’lgan hokimi — Sobuqro yashagan. Arablargacha bu qal’a Huzor viloyatining markazi bo’lgan.