Marhamat

Marhamat — Andijon viloyati- dagi shahar (1974 y.gacha Russkoe selo deb atalgan posyolka). Marhamat tumanining ma’muriy markazi. Viloyat markazi (An- Dijon sh.)dan 40 km, yaqin t.y. stantsiya- si — Asaka (25 km). Aholisi 11,7 ming kishi (2000). Shahar chekkasidan Jan. Farg’ona kanali o’tadi. M.da qad. Davan podsholigining Ershi sh. (keyingi nomi Mingtepa) ning xarobalari saqlangan. Xitoyliklar mil.AV. 101 y.da 60 ming kishilik qo’shin b-n Farg’ona vodiysi- ga bostirib kelib Ershi sh.ni qamal qilganlar (q. Ershi mudofaasi). Tari- xiy manbalarda yozilishicha, shahar stra- tegi k jihatdan qulay erda joylashgan, uning atrofi 6 m balandlikdagi qal’a devori b-n o’ralgan. Shaharning 2 ta dar- vozasi bo’lib, ular Sharq va G’arb tomon- ga qaragan. Qal’a atrofida minorali bir qancha tepaliklar (Alitepa, Oqtepa, Jing’irtepa va b.) bo’lgan. Tarixda An- Dijon qo’zg’oloni (1898) nomini olgan Dukchi eshon qo’zg’oloni hoz. M. o’rnidagi Mingtepa qishlog’i va uning atrofida boshlangan. Qo’zg’olon shafqatsiz bosti- rilgach, rus mustamlakachilari mahalliy aholidan ayovsiz o’ch olgan. Mingtepa qishlog’i er b-n yakson qilinib, unin4. o’rnida rus selosi qurilgan. M.da elektrotexnika z-Di, ip yigiruv va to’quv f-kasi, “Dilshod”, “Mingte- Pa” non z-Di, “Uzrospodshipnik” qo’shma korxonasi faoliyat ko’rsatadi. Milliy, Xalq banklarining tuman bo’limlari, avtostantsiya binolari, dehqon bozori, savdo markazi bor. M. shahrida melio- rasiya va suv xo’jaligi, agrobiznes kol- lejlari, 2 lisey, gimnaziya, 5 umumiy ta’lim maktabi, Markaziy, bolalar, ko’zi ojizlar kutubxonalari, 2-jahon urushi qahramoni T. Mirzaev nomidagi mada- niyat va istirohat bog’i, hamda xiyoboni, bay nalminalchijangchilar xiyoboni mav- jud. M. b-n viloyat markazi, Farg’ona VI- loyati shaharlari hamda O’sh viloyatidagi Qizilqiya sh. orasida avtomobil trans- porti qatnovi yo’lga qo’yilgan.