Mari

Mari (1937 y.gacha — Marv) — tur- kmanistondagi shahar, Mari viloyati markazi, Murg’ob daryosi va Qoraqum ka- nali bo’yida. T. i. tugun i. Ashxobodpt 343 km uzoqlikda. Aholisi 102,1 ming kishi (1990-y.lar o’rtalari). Rossiya Tur- kmanistonni bosib olganidan key-in Marv okrugining harbiyma’muriy Mar- kazi sifatida 1884 y.da barpo qilingan (1917 y.dan oldin Zakaspiy viloyatining uezd markazi edi). Engil, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari korxonalari, mashinasoz- lik z-Di bor. M. yonida tabiiy gazda ish- laydigan GRES ishlab turibdi. Umumiy ta’lim, kasb-hunar, musiqa maktablari, pedagogika va tibbiyot bilim yurtlari, tarix muzeyi, kutubxonalar, madaniyat uylari, teatr, madaniyat va istirohat bogi, kasalxona va b. tibbiy muassasalar mavjud. Aeroport bor. Shahardan 30 km Sharqda qad. Marv qoldiklari saqlangan.