Marina

Marina (Frans. marine, ital. marina — dengiz) — dengiz ko’rinishini aks ettiradigan manzara turi. Mustaqil rangtasvir turi sifatida 17-a. Evropa san’atida ajralib turadi. Dengiz, den- giz hayotidagi muhim tarixiy voqealar, harbiy kemalar tafsilotini aynan tas- virlashda dengiz bezak sifatida xizmat qiladi. Golland marinachila- ri M. imkoniyatlarini kengaytirib, den- giz tabiati va u b-n bog’liq baliqchilar hayotini haqqoniy aks ettirdilar (ya. Porsellis, S. de Vliger, X. Segers va b.), dabdabali M. turini yaratdilar. 18-19-a.larning yirik marinachila- ri K. Berne (Frantsiya), U. Terner (Buyuk Britaniya), X. Mesdag (Gollandiya), I. Ayvazovskiy, A. Bogolyubov (Rossiya) va b. O’zbekistonda M. janriga oid dast- labki asarlar 20-a.ning 30-y.larida paydo bo’lgan; bir qator rassomlar (F. Madgazin, R. Matevo-Syan, R. Choriev, G’, Abdurahmonov va b.)ning Orol dengiziga bagishlangan asarlari bor.