“Mariner”

“Mariner” (ing. Mariner — den- gizchi) — Venera, Mars, Merkuriy say- yorasini va kosmik fazoni tadqiq qilish uchun 1962-75 y.larda uchirilgan Ame- Rika sayyoralararo avtomatik stantsiyala- ri seriyasi nomi; ularni ishlab chiqish va uchirish dasturi. “M.”lar xizmat asboblari b-n jihozlangan germetik bo’lma, Quyosh batareyalari paneli va aniq yo’naltirilgan parabolik antennadan iborat. 1962 y.da uchirilgan “M.-1” va “M.-2” hamda 1967 y.da uchirilgan “M.-5” Venerani tadqiq etgan, “M.-Z” va “M.-4” (1962), “M.-8” va “M.-9” (1974) esa Mars- ni tadqiq etgan. “M.-10” (1973) Venera va Merkuriyni tadqiq qildi. Veneradan 5770 km masofadan o’tayotib erga uning 3700 dan ortiq sifatli rasmlarini uzatgan. So’ngra geliosentrik orbitaga o’tib, Merkuriy b-n 3 marta yaqinlashdi va uning 50 m gacha joyini ajratib ko’ra oladigan 3000 ga yaqin rasmini oldi.