Mariya I Tyudor
Mariya I Tyudor (Mary I Tudor) (1516.18.2, Grinvich— 1558.17.11, London) — Angliya qirolichasi (1553 yildan). Katolisizmni qayta tiklab, Reformasiya tarafdorlarini ayovsiz ta’qib qilgan (laqablari — Mariya katolichka, Mariya Qonxo’r). Papalik va katoliklar Ispaniyasi bilan yaqin munosabat o’rnatgan; 1554 yil bo’lajak ispan qiroli Filipp II ga turmushga chiqqan.