Mariyampole
Mariyampole (1955-89 yillarda Kapsukas) — Litvadagi shahar. Shyashupa daryosi sohilida joylashgan. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 51,4 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar, texnologiya jihozlari, mebel ishlab chiqariladi; to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. O’lkashunoslik muzeyi, Kostel va Monastir (18-19-asrlar) bor. Shaharga 18-asrda asos solingan.