Marjon

Marjon– issiq o`lkalardagi dengizda yashovchi hayvonlar. Ularning qoldiqlari yig`ilib, marjon orollarini hosil qiladi. Marjonlar suv harorati +20 darajadan past bo`lmagan, sayoz, katta to`lqinlar bo`lmaydigan dengizlarda yashaydi. Shu sababli marjon faqat ekvatorial hamda tropik o`lkalardagina uchraydi.