“MARKAZIY MEHMONXONA”

“MARKAZIY MEHMONXONA” – O’zbekistondagi 5 yulduzli mehmonxonalardan biri; Toshkent shahrining Amir Temur va Navoiy shohko’chalari chorraxasida joylashgan. 1999 yilda “Toshkent — Sheraton” nomi bilan ochilgan, 2004 yildan hozirgi nomda. 16 qavatli, 251 o’rinli, qirrasimon oq-kulrang bstonli ko’rinishda. 172 ta I o’rinli, 50 ta 2 o’rinli, 18 ta yarim lyuks, 7 ta lyuks, 1 ta prezident apartamentli, 3 ta nogironlar uchun xonalar mavjud. mehmonxona vestibyuli oyna bilan qoplangan, qiya metall fermalari bilan yopilgan. Yo’lak va zal shoyi matoga kattalashtirib ishlangan Uzoq Sharq va O’rta Osiyo miniatyuralari bilan bezalgan. Binoning 1-qavat xonalari vestibyuldan naqshlangan ravoqlar orqali ochilgan. Vestibyulning 2 tomoniga manzarali rasmlar chizilgan. Shinam vestibyuldan tepaga ko’tarilgan lift shahar manzarasini ochib beradi. Liftlar oldidagi maydonchadan 2 tomonga koridorlar kstgan. Shuningdek, mehmonxonada favvoralar, ochiq va spiq suzish havzalari, sauna, tennis korti, kafe-bar va restoran bor.