Markov Andrey Andreevich

Markov Andrey Andreevich [1856.2(14).6, Ryazan – 1922.20.7, Petro- grad] — rus matematigi. Peterburg FA akad. (1890). Peterburg untini tugatgan (1878), prof. (1886). M. ehtimollar na- zariyasiga katta hissa qo’shgan. U katta sonlar qonunini eng umumiy shartlar- da isbot qilgan. M. fanga (ke-yinchalik uning nomi b-n atalgan — Markov zan- jirlari, Markov jarayonlari) Max- sus bog’lanishga ega bo’lgan tasodifiy miqdorlar ketma-ketligini kiritgan va ular uchun Markaziy limit teoremani is- bot qilgan (q. Limit teoremalar). Mar- kov jarayonlari fizika, texnika, biolo- giya va b. sohalarda ko’plab tatbiq etila- Di. M.ning eng kichik kvadratlar usulini asoslashga bag’ishlangan ishlari ham bor.