Markuze (Marcuse) Gerbert

Markuze (Marcuse) Gerbert (1898. 19.7, Berlin — 1979.29.7, Shtarn- Berg) — nemis-Amerika faylasufi va sosiolog. 1934 y.dan AQShda. Fan va texnika rivojlangan jamiyatda inqilobiy o’zgarishlar qilish tashabbu- si “qoloqlar” (lyumpenlar, ishsizlar) va radikal ziyolilar hamda talabalar to- moniga o’tadi, deb uqtirgan. Kurashning oshkora shakllarini “parlament o’yini” sifatida baholab, ulardan voz kechish- ni talab qilgan. M. g’oyalari G’arbda so’l ekstremistik kuchlar dunyoqarashiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Asosiy asarlari: “Eros va tsivilizasiya” (1955), “loqayd inson” (1964), “psixologik taxlil va siyosat” (6nashri, 1980).